TIBBIY KIMYO KAFEDRASI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIY KIMYO KAFEDRASI

  • Kafedra mudiri kimyo fanlari doktori (DSc): Xolboyev Yusubjon Xakimovich
  • Ish vaqti: 8.00 – 17.00
  • Mobil Aloqa: +998916207021
  • Email: @mail.ru

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil oktabr oyida tashkil etilgandan keyin kimyo kafedrasi birinchilar qatorida shu yildan ish boshlagan. Kafedra o’z faoliyatini asosiy o’quv binosida 1955 yildan 1999 yil oxirigacha davom ettirib keldi. 2000 -yil boshida institut yangi binoga ko’chib o’tishi munosabati bilan 4- qavatidan zamonaviy o’quv laboratoriyalari ajratildi. Kafedra hozirgi kunda 2-o’quv binosida faoliyat ko’rsatmoqda.
1955 –1959 yillari kafedrani dotsent Yusupov F.Yu. boshqargan.
1959 yilning avgust oyidan boshlab kafedraga professor Raevskiy S.A. mudir etib tayinlangan. Yildan yilga kafedra a’zolari soni orta boshlagan. 1964-1967 yillarda dotsent Fuzaylov Yu.M. kafedraga rahbarlik qilgan.
1967-1989 yillarda dotsent Lutfullin K.L. kafedra mudiri etib tayinlangan. U o’z faoliyati davomida ko’plab shogirdlarni tarbiyaladi, yosh olimlarni yetishib chiqishiga katta hissa qo’shdi.
1990-1996 yillarda kafedra mudiri dotsent Mirzaboev E.A. tayinlandi. Kafedraning ilmiy salohiyati ko’tarila boshladi.
1996- 2004 yillar kafedra mudiri prof. Karimov A.K. ish yuritdi. ADTI da ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori, ADTI qoshidagi 1-akademik litsey direktori vazifalarida ham faoliyat olib bordi. Kafedradagi faoliyati davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga o’quv jarayoniga va uni rivojlanishiga jiddiy e’tibor berdi. Kafedrada tashkil etilgan “Yosh kimyogar” to’garagi a’zolari Respublika nufuzidagi fan olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egalladilar.
2004 yildan buyon kafedra normal fiziologiya, biologik va bioorganik kimyo deb nomlana boshladi. Kafedra mudiri etib, prof. Qodirov Sh.Q. faoliyat yurita boshladi.



2012 yildan buyon kafedraga dotsent Xudoyarova A.G. rahbarlik qilgan.
Ma’ruza va amaliy mashgulotlarda talabalar bilimini baholashda ’’Miya hujumi”, ’’Asalari uyasi”, ’’Aylana stol atrofida”, ’’Insidient ”, ’’Stol ustida ruchka”, ’’Rotatsiya ”, ’’Galereya ”, ’’Klaster ” kabi interfaol usullardan foydalanilgan.
2016 yildan boshlab kafedra Bioorganik va biologik kimyo deb nomlana boshlandi. Kafedra mudiri etib dotsent Xolboev Yu.X. tayinlandi. 2018 yil noyabr oyidan boshlab kafedra Tibbiy kimyo deb nomlana boshlandi. Kafedrada 1 ta k.f.d. (DSc), 3 ta dotsent, 1 ta katta o’qituvchi, 6 ta assistent, 1 ta stajer assistent, 3 ta laborantlar faoliyat yuritib kelishmoqda.

2022 yilda kafedramizda himoya qilingan ilmiy ishlar

1. Xolboyev Yu.X. “Mochevina xosilalari asosida yangi tovarlar olish va ularni xalq tabobatidagi o’rni” mavzusidagi Kimyo fanlari doktori dissertatsiyasi (DSc) ishini himoya qildi.
2. Razzaqov N.A. “Na’matak va zirk o’simligining kimyoviy tarkibi va ular asosida yangi oziq-ovqat qo’shilmalarini olish” mavzusidagi Kimyo fanlari falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) ishini himoya qildi.

2023 yilda kafedramizda himoya qilingan ilmiy ishlar

Husanov Umidjon Shokirjonovich“ Gulxayri va sedana o’simliklari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish va ularni sinflash” mavzusidagi Kimyo fanlari falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) ishini himoya qildi.

2024 yilda kafedramizda himoya qilingan ilmiy ishlar

Ubaydullayev Komiljon Tursunboyevich “Zaytun va za’faron o‘simligi asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularni sinflash” mavzusidagi Kimyo fanlari falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) ishini himoya qildi.

...

Homidov Inomjon Ilmiddinovich

Kimyo fanlari nomzodi (PhD), dotsent

+998974739773

...

Abdurahmonov Ulug’bek Qurganbayevich

Kimyo fanlari nomzodi (PhD), dotsent

+998914992461

...

Islomova Saida Turgunovna

Texnika fanlari nomzodi (PhD), dotsent

+998911676683

...

Xusanov Umidjon Shokirjonovich

Kimyo fanlari nomzodi (PhD)

+998973245850

...

O’rmonov Asliddin Abdusamatovich

Assistent

+998972364690

...

Maxammatova Sohibaxon Xasanboyevna

Assistent

+998902030466

...

Rinat Gubaydulin Shavkatovich

Assistent stajer

+998979925556

...

Yo’lchiyeva Sevara Tojimatovna

Kimyo fanlari nomzodi (PhD)

+998970029985

...

Rahimberdiyeva Shohsanam Ravshanbek qizi

Assistent stajer

+998916109955

...

Abduvohidov Iqboljon Qurvonali o’g’li

Assistent

+998937879292

...

Ubaydullayev Komiljon Tursunboyevich

Kimyo fanlari nomzodi (PhD)

+998914775229

...

Noibjonova Xurshida Murodjon qizi

Assistenti

+998902032998

KAFEDRA MANZILI, JOYLASHGAN KLINIK BAZALARI

Tibbiy kimyo, Analitik kimyo, Organik kimyo, Fizik-kolloid kimyo, Organik sintez, Noorganik kimyo, Laboratoriya ishiga kirish.
Skip to content Click to listen highlighted text!