SHAHRIMIZDAGI 8-OILAVIY POLIKLINIKADA SALOMATLIK TADBIRLARI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHAHRIMIZDAGI 8-OILAVIY POLIKLINIKADA SALOMATLIK TADBIRLARI O‘TKAZILDI

16:18 30.10.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon shahridagi 8-oilaviy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Unda nervpatolog, dermatolog, kardiolog, narkolog, urolog, travmatolog, UTT mutaxassisi tomonidan poliklinikaga murojaat bilan kelgan bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklarda 121 nafar aholi vakillari ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 4 nafariga viloyat tibbiyot birlashmasiga yo‘llanma berildi. Salomatlik tadbirlari dars va amaliy mashg‘ulot jarayonlariga ham ulanib ketdi.

Institut talabalaridan tarkib topgan “Volontyorlar” jamoasi tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish tartibi hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aholining tibbiy madaniyatini oshirish yuzasidan mahorat darslari o‘tkazildi.

Shuningdek, ko‘ngilli yoshlar 8-poliklinika hududidagi mahallalarda yashovchi aholi vakillarining xonadonlarida hamda 38-davlat maktabgacha ta’lim muassasasida  sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini o‘tkazdilar. Qatnashchilarga foydali tavsiyalar joy olgan buklet va flayerlar tarqatdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!