Bugun, 27-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari va mas’ullar ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilish avvalida an’anaviy tarzda ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yakunlab diplomlarni qo‘lga kiritgan ustozlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan: Institutda ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari tahlili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan tanishtirib o‘tildi. Shuningdek, institut rektori boshchiligidagi institut delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga safari yuzasidan ma’lumot qatnashchilarga yetkazildi.