alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«BOBUR KABI SEVGIN VATANNI» MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

16:46 13.02.2024

Bugun, 13-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida shoh va shoir, mohir sarkarda, olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan «Bobur kabi sevgin Vatanni» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Pediatriya fakulteti dekani R.Raxmonov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Z.M.Boburning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar Magistratura bo‘limi tyutori X.Rejabboyeva tomonidan ma’ruza qilindi. Ushbu ma’ruza davomida Z.M.Bobur hayoti hamda ijodiga oid qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Bilimdon talabalar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida iqtidorli talabalari tomonidan g‘azal, ruboiy va she’rlar ijro etildi. Z.M.Bobur siymosi gavdalantirilib, uning she’rlari asosida tayyorlangan qo‘shiqlar kuylandi. Sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!