GERMANIYADA HAMKORLIK MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GERMANIYADA HAMKORLIK MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

21:54 29.05.2024

Bugun, 29-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi delegatsiya va Rostok universiteti klinikasi Radiologiya bo‘limi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yangi innovatsion yo‘nalishlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish masalasi muhokama qilindi. Unga ko’ra:

1. Klinikaga onkologik kasalliklarni tashxislash va davolashning yangi zamonaviy usullarini joriy etish;

2. Ikki bosqichli jarayondan iborat bo’lgan ADTI xodimlarining (rentgenologlarning) malakasini oshirish – diagnostika MRT, MSKT sohasidagi kasbiy bilimlarni oshirish – PET diagnostikasini joriy etish va o’zlashtirish;

3. Onkourologiya sohasida zamonaviy davolash usullarini ishlab chiqish;

4. Rostok universiteti kasalxonasining yutuqlari asosida saraton kasalliklarini davolashda zamonaviy innovatsion maqsadli terapiyani ishlab chiqish va joriy etish;

5. Saraton bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash uchun zamonaviy farmasevtik preparatlardan foydalanish imkoniyatlarini ko’rib chiqish yuzasidan fikr almashildi va ikkala tomon ham ushbu sohalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Germaniyalik hamkasblar barcha turdagi professional yordam ko’rsatish tashabbusini ma’qulladilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!