Andijon davlat tibbiyot institutida fuqarolarning murojaatlariga javob berish va “Qabul-2024″ bo’yicha «Call-markaz» o’z faoliyatini boshladi
🔴 2024-2025-o’quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 5-iyundan 25-iyungacha faqatgina onlayn tarzda amalga oshiriladi.
🔴Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro’yxatdan o’tkaziladi.
🔴Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishlari uchun oliy oʻquv yurtiga borilmaydi.
🔴Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Andijon davlat tibbiyot institutining murojaatlar markazi “Call-markaz” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
📞 Murojaat uchun telefon:
O‘zbek tilidagi murojaatlar uchun:
+998742239451
Rus va ingliz tilidagi murojaatlar uchun:
+998742239468
Magistratura va Klinik ordinatura bo‘yicha murojaatlar uchun:
+998742239453
⏳“Call-markaz”ning ish rejimi:
Dushanbadan shanbagacha – soat 8:30 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi. Tushlik vaqti soat 12:00 dan, 13:00 gacha.