Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI VA FRANKLIN UNIVERSITETI O‘RTASIDA QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI OCHISH IMKONIYATLARI MUHOKAMA QILINDI

21:34 17.08.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi institut delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga bo‘lgan xizmat safari davom etmoqda.

Joriy yilning 16-avgust kuni institut delegatsiyasi Franklin universiteti vitse-prezidenti, Global hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, Sog‘liq fanlari fakulteti dekani, Magistratura va doktorantura bo‘limlari boshliqlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Franklin universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Unda:

– Tibbiy Informatika;

– Oliy hamshiralik;

– Jamoat salomatligi yo‘nalishlari hamkorlar tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida taqdim etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!