Andijon davlat tibbiyot institutining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishingiz mumkin.
Shu bilan birga ijara xonadonlari ham ro‘yxati shakllantirilib, talabalarga taqdim etilmoqda. Buning uchun institutning asosiy binosida tashkil etilgan “Talabalarni turar joy va ijara xonadonlari bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar markazi”ga murojaat qilishingiz mumkin.