ILMIY DARAJAGA EGA XODIMLARGA QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LASH BO’YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI BOSHLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ILMIY DARAJAGA EGA XODIMLARGA QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LASH BO’YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI BOSHLANDI

16:24 05.12.2025

Andijon davlat tibbiyot instituti asosiy shtatida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash bo’yicha Ishchi guruh faoliyati o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi qarori va shu sohadagi boshqa meyoriy xujjatlarni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti asosiy shtatida ilmiy, ilmiy pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga oylik maoshlariga qo‘shimcha haq miqdorini belgilash bo‘yicha tuzilgan institut Ishchi guruh tomonidan xujjatlar ko’rib chiqildi. Jarayon yakunida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha haq to‘lanishiga munosib ilmiy darajali xodimlarni va lavozim maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq to‘lanishiga munosib ilmiy darajali xodimlar aniqlandi.

Skip to content