Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan 2019-yil 16-23- iyun kunlari millatlararo madaniy va tibbiy tajriba almashishni amalga oshirish maqsadida xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tashkil etilgan
“Vodiy gavhari” nomli xalqaro yozgi maktabning yopilish marosimi bo’lib o’tdi.ADTI talabalar tarar joyida yozgi maktab ishtirokchilarining bir hafta mobaynida olgan amaliy ko’nikmalari yuzasidan sinovlar tashkil etildi.
Sinovlarda “Eng yaxshi reanimatolog”, “Eng yaxshi qutqaruvchi”, “Eng yaxshi pazanda” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar aniqlanib, ularga diplom va sertifikatlar topshirildi.
Belarussiyaning Gomel davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasi I.M.Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Akto‘be shahridagi M.Ospanov nomli G‘arbiy-Qozog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti, Toshkent Farmatsevtika instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot institutining jami 12 nafar talabasi Andijondan o’z mutaxassisligi bo’yicha muhim amaliy ko’nikmalarni hosil qilgan holda yaxshi taassurotlar bilan maroqli dam olib, o’z yurtlariga jo’nab ketdilar.
Mashg’ulotlar va sayr davomida talabalarga institut Yoshlar itttifoqi boshlang’ich tashkiloti faollari hamrohlik qildilar.