XABARNOMA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XABARNOMA

07:06 30.04.2020

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
 XABARNOMA
 Andijon davlat tibbiyot instituti Sizni 2020-yil 11-12 iyun kunlari “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, hamdo‘stlik mamlakatlar olimlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etadi.
 Anjuman mavzulari:

  1. Ichki kasalliklarning oldini olishda yangi innovatsion texnologiyalar. Kardiovaskulyar va noinfeksion kasalliklarni birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi. Yurak-qon tomir etishmovchiligi asoratlarining medikamentoz davolash, farmakoepidemiologiyasi va farmakoiqtisodiyoti.
  2. Shoshilinch va rejali jarrohlikda asoratlarni prognozlash, profilaktikasi va innovatsion texnologiyalar bilan davolash.
  3. Oilada o‘tkir va surunkali kasalliklarning profilaktikasiga zamonaviy qarashlar. Bolalar va o‘smirlar kasalliklarining erta tashxislash va davolash. Ayollar ginekologik kasalliklarini zamonaviy tashxislash va davolash.

 Anjumanda ishtirok qilish shakllari:

  1. Tezislar chop ettirish.
  2. Tezislar chop ettirish va ma’ruza bilan
  3. Tezissiz ma’ruza bilan
  4. Stendli ma’ruzalar.

Ilmiy-amaliy anjumanda qatnashish uchun Andijon Davlat tibbiyot instituti tashkiliy qumita sekretariatiga registratsiya kartasi va tezislarni 2020-yil 15-maydan kechiktirmasdan yuborishingizni so‘raymiz.
Boshqa shaharlardan kelgan qatnashchilar uchun tashkiliy qo‘mita tomonidan talablarga binoan mexmonxonalarda joy band qilinadi.
Tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillaridan birida, ikki nusxada ekspertiza xulosasi, yo‘llanma xat bilan birgalikda qabul qilinadi. Maqolalar CD yoki DVD disklarda, Word 2003, 12 shrift, 1 interval, 2 betgacha yozilishi lozim. Tezislar matnida jadval, rasm, grafika, adabiyotlar ruyxati va qiskartmalar bo‘lmasligi lozim.
Tashkiliy qo‘mita manzili:
170102, Andijon shahri, Yu.Atabekov ko‘chasi, 1.
Andijon Davlat tibbiyot instituti, test markazi.
Telefon: (74) 223-94-70;  Faks: (74)223-94-50.
Elektronnaya pochta – e-mail: profilaktik_tibbiyot@mail.ru.

 Tashkiliy qo‘mita

Skip to content Click to listen highlighted text!