Joriy yilning 24-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash ishini institut rektori vazifasini bajaruvchi G.M.Xodjimatov olib bordi.
Kengash ishida asosan “Institutda 2020-2021 o‘quv yilida masofaviy ta’limni tashkil etilishi va talabalar davomati” masalasi muhokama qilindi. Ilmiy kengashning onlayn yig‘ilishida fakultetlar dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedralarning mudirlari ishtirok etdilar.
Dastlab mavzu yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi B.Yu.Mamatov hisobot berdi. Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i G.U.Tuychiyev ma’lumotlari tinglandi.
Ma’ruzachilardan so‘ng masofaviy ta’limni tashkil etish borasidagi yutuq va muammolar, talabalarning mashg‘ulotlardagi ishtiroki keng muhokama qilindi.
Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi onlayn yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
ADTI axborot xizmati