Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi manaviyat va marifat ishlari buyicha masuli D.A.O‘rmanbayeva tashabbusi bilan «1- dekabr – Butunjaxon OITS ga karshi kurash kuni» munosabati bilan seminar trening o‘tkazildi.
Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, onkologiya kursi rezidentlari, respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi shifokorlari, hamshiralar va kichik tibbiy xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda onkologik markaz direktori G.J.Xakimova so‘zga chiqib, har bir tibbiyot xodimi OITS kasalligi haqida to‘liq malumotga ega bo‘lgan holda ishlashi lozimligini aytib o‘tdi va tibbiy xushyorlikka chorladi.
Seminarda OITSga oid malumotlar, kasallikka oid so‘nggi yangiliklar, shuningdek, ushbu kasallik bilan kasallangan bemorlarga to‘g‘ri yondoshish borasida trening, amaliy ko‘nikmalar o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga OITS bo‘yicha o‘tkazilgan treningning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini o‘rganish va taxlil qilish maqsadida test savollariga javoblar olindi.
Barcha ishtirokchilar kasallikka qarshi kurashishga oid tarqatma materiallar bilan taminlandi.
Tadbir so‘nggida xotin-kizlar kengashining davolash fakulteti bo‘yicha rais o‘rinbosari D.A.O‘rmanbayeva tibbiy faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning sog‘lom va baxtli oila qurishdagi o‘rni haqida ma’ruza qildi.
«Sog‘lom va zehnli ayol – sog‘lom oila kalitidir» shiori ostida o‘tkazilgan suhbat davomida Dilbarxon xayotning oila deb atalmish debochasida turgan qizlar va bo‘lajak onalar uchun o‘zining foydali maslahatlarini berib tadbirga alohida uyg‘unlik baxsh etdi.
ADTI axborot xizmati