ANDIJON VILOYATI  IIB  YHXB  XODIMLARI  ADTI  TALABALARI  BILAN  UCHRASHUV O‘TKAZDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON VILOYATI  IIB  YHXB  XODIMLARI  ADTI  TALABALARI  BILAN  UCHRASHUV O‘TKAZDI

17:24 04.12.2018

Yo‘l qoidasi –umr  foydasi. Ammo har doim ham ana shu naqlga amal qilavermaymiz. Afsuski, kundalik hayotimizda  ayrim  yo‘lovchi- piyodalar va haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga  rioya qilmasliklari oqibatida turli xil yo‘l-transport hodisalari uchrab turibdi. Bu esa aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligini taqozo etmoqda.
2018 -yil  4-  dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  viloyat IIB  YHXB xodimlari bilan talaba-yoshlarning uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirni  institut ma’naviyat –ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Abdurahmon Abduhalimov ochib, mehmonlarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, viloyat  IIB YHXB  ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi katta inspektori, serjant  Jasurbek Azimbekov  hamda  Andijon avtomobil o‘quv ishlab chiqarish kombinati o‘qituvchisi  Azizbek Jo‘rayevlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 -yil 24- dekabrdagi 370–sonli qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga  kiritilgan qo‘shimcha  va o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdilar.


Shuningdek, yo‘lovchi-piyodalar, haydovchilarning umumiy  majburiyatlari, harakatlanish tezligi, tashqi yoritish asboblari, odam va yuk tashishdagi qoidalar xususida gapirib o‘tdilar.
Mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishib, ularni doimo  yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga  rioya qilishga chaqirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!