O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 20 apreldagi “Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to’g’risida”gi 365-sonli buyrug’i hamda institut rektorining 2019 yil 16 maydagi “Davolash ishi, pediatriya ishi, kasb ta’limi (davolash ishi), oily hamshiralik ishi va stomatologiya yo’nalishi 3-kurs talabalariga 2019 yil xorijiy til fanidan Yakuniy davlat attestatsiya o’tkazish to’g’risida”gi №352-Т sonli buyrug’iga asosan Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasida 23 may kuni stomatologiya fakulteti hamda oliy hamshiralik ishi yo’nalishining 3-kurs talabalari “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasini topshirdilar.
Talabalarning chet tili fani bo’yicha bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini baholash chet tillarini o’zlashtirishning “gapirish”, “tinglash”, “o’qish” va “yozish” ko’nikmalarini egallash darajalari asosida 100 ballik tizimda baholandilar. Yakuniy davlat attestatsiyasiga Andijon davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent V.A.Vositov raislik qildi.