Safar doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M. Madazimov tashabbusi bilan institut delegatsiyasi, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov boshchiligida bir guruh talabalar Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.


Rasmiy dastur doirasida 10 mingdan ortiq talaba tahsil olayotgan yirik tibbiyot kollejlaridan biri — Tsin’in tibbiyot kollejiga tashrif amalga oshirildi. Ta’lim muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv yakunida ta’lim va fan sohasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.


Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
✔️talabalar almashinuvi va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi;
✔️ qo‘shma ilmiy konferensiyalar o‘tkazish;
✔️ xalqaro grantlar va ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik qilish.
Bundan tashqari, delegatsiya uchun kollej kampusiga ekskursiya va anatomiya muzeyida tanishtiruv tashkil etildi. Muzeyda inson anatomiya tuzilmalarining noyob tabiiy namunalarini ko‘rish imkoniyati yaratildi. Ushbu ekskursiya talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, muhim ta’limiy tajriba bo‘ldi.

