ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI BILAN ROSSIYA OTMlari VA TIBBIYOT TASHKILOTLARI O‘RTASIDA 6 TA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI BILAN ROSSIYA OTMlari VA TIBBIYOT TASHKILOTLARI O‘RTASIDA 6 TA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

20:58 03.06.2023

Joriy yilning 3-4-iyun kunlari “Silk Road Samarkand” majmuasi “Minyoun” mehmonxonasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan O‘zbekiston – Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumining birinchi kuni yakuniga yetdi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda institut vakillari ham ishtirok etib, qator hamkorlik kelishuvlariga erishdilar.

Forumning ochilish marosimida institut rektori hamda A.V. Vishnevskiy nomidagi Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi milliy tibbiy tadqiqot markazi direktori Amiran Revishvili hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Qolaversa, ushbu markaz direktori Revishvili Amiran Shotayevichga Andijon davlat tibbiyot instituti “Faxriy professori” unvoni berildi.

Shuningdek,  forum doirasida Rossiyaning “ROSOMED” va “SINTOMED” kompaniyalari bilan Tibbiyotda Simulyatsion ta’limni tashkil etish, simulyatsion o‘quv markazi faoliyatini yuritish, institut professor-o‘qituvchilarini ushbu o‘qitish usulida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuvni imzolashga Rossiya Federatsiyasidan “ROSOMED”ning rasmiy vakili va “Sintomed”  rahbari Kim Yevgeniy Vladimirovich tashrif buyurdi.

Ural davlat tibbiyot universiteti rektori Olga Petrovna Kovtun bilan anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatda asosan talabalar o‘rtasida akademik mobillik dasturlari tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslariga jalb qilish, o‘zaro qo‘shma ilmiy loyihalar ustida ishlashga e’tibor qaratilgan.

V.A.Almazova nomidagi Rossiya milliy tibbiy tadqiqotlar markazi bilan institutlararo va kafedralararo hamkorlik qilish yuzasidan memorandumlar imzolandi.

Qozon Federal universitetining Biomeditsina bo‘yicha prorektori Kiyasov Andrey Pavlovich bilan Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda institutimizga universitetning professor-o‘qituvchilarini doimiy ravishda dars jarayonlariga taklif etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!