Bugun, 30-iyul kuni, Andijon shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.


Tadbirda 2 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan 300 dan ortiq yirik ish beruvchilar va tijorat banklari, 10 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va abituriyentlar ishtirok etmoqda.

Jarayonda Andijon davlat tibbiyot institut rektori M.Madazimov boshchiligida institut jamoasi, talabalar ishtirok etmoqda. Kasb ko‘rgazmasida institutning imkoniyatlari taqdimoti, abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilmoqda. Institut bitiruvchilari ham o‘zlariga mos ish o‘rinlari bilan tanishmoqda.

