alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI ASAKALIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

23:05 18.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida “Yoshlar balansi” asosida yoshlarni toifalarga ajratgan holda ular bilan individual ishlash bo‘yicha mas’ul vazirlik, idoralarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov doimiy tarzda Asaka tumanida istiqomat qiluvchi “Yoshlar balansi” asosida institut rektoriga biriktirilgan “qizil” toifadagi yoshlar bilan doimiy tarzda uchrashib, ularning muammolarini yechimiga ko‘mak berib kelmoqda.

Joriy yilning, 18-may kuni ham institut rektori tumanning Fayzibog‘ hamda Devatagi mahallalarida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi. Xonadonlarda yoshlar va ularning ota-onalari bilan yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va moddiy hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan  suhbat bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, turli kasalliklar bezovta qilayotgan yoshlarning kasallik tarixlari o‘rganilib, ularni tekshirish va davolash yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Batafsil tibbiy tekshiruv hamda muolajalar uchun institut klinikasi shifokorlariga biriktirildi. Yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularga ko‘mak berish uchun amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!