Joriy yilning 29-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Misr Arab Respublikasidagi Zagazig universiteti oftalmologiya yo‘nalishi professori Ahmed Taufik Ali Ibrahimni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov kutib olib, suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat tibbiyot hamda ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida fikr almashdilar. Xorijlik professor institutning bakalavriat bosqichi talabalari, magistrantlar hamda ordinatorlar uchun mahorat darslari va ma’ruzalar o‘tib berishi rejalashtirilgan bo‘lib, sohada hamkorlik qilish masalalarida ham suhbat olib borildi.
Shuningdek, mutaxassis ko‘z kasalliklari, ularni davolash usullari hamda xirurgik va noxirurgik kasalliklar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tdi. Institutning simulyatsiya, axborot texnologiya hamda axborot resurs markazlari, o‘quv va laboratoriya xonalari bilan tanishgan professor talabalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan mamnunligini bildirdi.
Ahmed Taufik Ali Ibrahim joriy yilning 30-may kuni institutda bo‘lib o‘tadigan “Применение высоких инновационных технологий в профилактической медицине” (Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash) mavzusidagi xalqaro qatnashchilar ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etadi.