Joriy yilning 1-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov raisligida o‘tgan navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishida prorektorlar, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Unda dastlab, falsafa doktorlik diplomlari, respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalar g‘oliblari hamda institut “Zakovat” terma jamoasining qator erishgan yutuqlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, ilmiy kengash yig‘ilishi kun tartibidan joy olgan: Institutda magistrlik dissertatsiyalarining bajarilish holati bo‘yicha magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Tursunov hamda Koreya davlatiga tashrif haqida Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinovning ma’ruzalari tinglandi.
Qolaversa, ilmiy axborotlar bilan yig‘ilganlar xabardor qilinib, qator masalalar yuzasidan kengash a’zolari fikrlari muhokama qilindi.