Skip to content ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA NAVBATDAGI ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

16:45 25.06.2025

Bugun, 25-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida iyun oyi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va Kengash a’zolari ishtirok etdi.

Institut rektori kun tartibini e’lon qilib, yig‘ilishni ochib berdi. Dastlab, an’anaviy tarzda ilmiy unvon va darajalar sohiblari, respublika hamda xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.

Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining magistrlik dissertasiyalarini olib borilishi va yakuniy davlat attestatsiyalarini natijalari, Andijon davlat tibbiyot institutini 2024-2025-o‘quv yili yakuni va 2025-2026-o‘quv yiliga tayyorgarligi  bo‘yicha hisobot, talaba-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining holati to‘g‘risida, ADTI talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma natijalari tahlili yuzasidan  hisobotlar tinglandi.

Hisobotlar Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Tursunov, O‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Isakov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.Pakirdinov tomonidan taqdim etildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, aniq rejalar belgilab olindi.

adti.uz
Would like to send you notifications