Skip to content ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TANTANALI “BITIRUV BAYRAMI” O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TANTANALI “BITIRUV BAYRAMI” O‘TKAZILDI

13:53 27.06.2025

Bugun, 27-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutining 2024-2025-o‘quv yilida bakalavriat hamda magistratura bosqichini tamomlayotgan 2050 nafar bitiruvchining “Bitiruv bayrami” bo‘lib o‘tdi.

Bayram avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etildi. Tadbirning ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov ishtirok etib, barcha bitiruvchi yoshlarni samimiy qutladi.

Shundan so‘ng, so‘z olgan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov bitiruvchilarni tabrikladi

  • Sizning shifokorlik kasbidek masʼuliyatli va sharafli burchingizni bajarishda o‘z bilim va mahoratingizni, barcha kuch-g‘ayratingizni xalqimiz salomatligini saqlash yo‘lida sarflashingizda ishonch bildiraman.Barchangizga sog‘liq va salomatlik, mashaqqatli, lekin sharafli ishingizda omad, oilaviy hayotingizda baxt, el-yurt sog‘ligini saqlashdek savobli ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman – dedi, institut rektori.

Tadbir davomida bitiruvchilarga diplom hamda o‘quv yili davomida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Yosh shifokorlar o‘z oldilarida turgan mas’uliyatli va sharafli vazifalariga kirishishlaridan oldin  ish faoliyatlari davomida vijdonan, halol mehnat qilib, xalq salomatligi yo‘lida borki kuch-g‘ayratini ayamasliklari uchun “O‘zbekiston Respublikasi shifokori qasamyodi”ni qabul qildilar.

Bayram tadbiriga xushovoz xonandalarning sho‘x qo‘shiqlari yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan muborakbod etamiz. Oq yo‘l sizga yosh shifokorlar!