Navbatdagi tibbiy koʻrik Andijon shahridagi 3-oilaviy poliklinikasiga qarashli “Bunyodkor” MFYda oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 15 nafar mutaxassislari ishtirok etishdi. Ular tomonidan 305 nafar aholining salomatligi tekshirildi va kerakli maslahatlar berildi. Tekshiruv davomida 3 nafar bemorga shahar markaziy shifoxonasiga, 122 ta bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 4 nafar bemorga viloyat davolash muassasalariga yoʻllanmalar berildi. Tibbiy koʻrik davomida 104 ta UTT, 96 ta EKG va 100 ta qon va peshob tahlillari oʻtkazildi.