alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON SHAHRIDAGI 3-UMUMTAʼLIM MAKTABIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” YANGRADI

10:51 25.05.2023

Bugun, 25-may nafaqat maktab bitiruvchilari balki, barchani qalblariga o‘zgacha hayajon to‘ldiradigan kun. Maktab bitiruvchilari “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qadrdon taʼlim dargohi bilan xayrlashadilar.

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan shahrimizdagi 3-umumtaʼlim maktabida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tashkil etildi. Unda maktab jamoasi qatori institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov, fakultet dekani o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar bitiruvchilarga oq yo‘l tilab, kelajakda izlanishda charchamay, ulkan marralar sari olg‘a qadam tashlashlarini taʼkidladilar.  Shuningdek, eng faol bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga institutning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbirning badiiy qismida o‘quvchilar tomonidan kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Ustozlarga bergan bilimlari uchun minnatdorchilik va sinfdoshlarga xayrlashuv tilaklari joy olgan sheʼrlar yurakdan aytilib, yuraklarga yetib bordi.  “Xayr, maktabim” qo‘shig‘iga esa barcha yig‘ilganlar ko‘zda yosh bilan jo‘r bo‘ldilar.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” esa maktab bag‘ridan uchirma bo‘layotgan bitiruvchilarga so‘nggi bor jarangladi.. .

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!