alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

ANDIJONDA NAVBATDAGI XUSHXABAR: OLTI NAFAR BEMOR TO‘LIQ SOG‘AYDI

09:39 18.04.2020

Tibbiyot xodimlari dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasiga qarshi mardonavor kurashayotganliklariga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Yutimizda ham koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida tezkor va qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Ushbu jarayonda, ayniqsa, tibbiyot xodimlarining fidoyiligi tahsinga loyiq.
Jumladan, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari Andijon shahridan, 2 nafari esa Andijon tumanidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda. E’tiborli tomoni, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 4 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 10 nafarni tashkil qilmoqda.
Sog‘aygan bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalari tufayli darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi.
Mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 17 aprel holatiga jami 156 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!