(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda “Sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish tamoyillari” mavzusida tadbirlar o'tkazilmoqda

15:27 20.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Uuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarori, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari, Prezidentning yaqinda Andijonga tashrifi chog‘idagi topshiriqlari doirasida Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Mahalla yig‘inlari fuqarolari hamkorligida “Sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish tamoyillari” mavzusida keng qamrovli tadbirlar tashkil etildi.
Andijon Davlat Tibbiyot instituti professor, dosentlari, o‘qituvchilari shuningdek sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari viloyatning har bir tuman, shaharlaridagi mahallalarga biriktirilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Andijon shahar Tibbiyot birlashmasining bir nechta muassasalarida, xususan Andijon shaxar 1-oilaviy poliklinikasida, Andijon davlat tibbiyot institutining “Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pedatriya” kafedrasining bir necha nafar o‘qituvchilar, 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari va bir guruh tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati