ANDIJONDA TEST SINOVLARINING 2-KUNI: HAYAJON, UCHRASHUVLAR, TAASSUROTLAR – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA TEST SINOVLARINING 2-KUNI: HAYAJON, UCHRASHUVLAR, TAASSUROTLAR

18:29 02.08.2023

Bugun, 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni test sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

Imtihon topshirilayotgan hudud yaqinidagi “Olimpic” tantanalar saroyida test sinovlarida ishtirok etayotgan abituriyentlarning ota-onalariga qulay sharoit yaratilgan bo‘lib, bu yerda  institut rektori M.Madazimov abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bilan uchrashib, suhbatlashdi. Suhbat davomida bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar haqida aytib o‘tdi.

Shuningdek, instituti jamoasidan iborat “Volontyorlar guruhi” aʼzolari tomonidan ota-onalar bilan suhbatlar olib borilib, sotsiologik so‘rovnomalar, psixologik treninglar o‘tkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, test sinovlari 13-avgustga qadar kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:

1-smena — 08:00 dan 11:00 gacha;

2-smena — 15:00 dan 18:00 gacha.

Skip to content Click to listen highlighted text!