alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI

13:16 14.02.2023

Bugun Andijon shahridagi Bobur maydonida shoh va shoir, jahon ilm-fani hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dastlab unda viloyat, tuman va shahar hokimliklari, korxona va tashkilotlar vakillari, shuningdek, Hindiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Amerikadan kelgan boburshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari hamda talaba-yoshlar buyuk bobomizga hurmat ifodasi sifatida uning haykali poyiga guldastalar qo‘ydilar.

Tadbirda so‘z olganlar Zahiriddin Muhammad Boburning kelajak avlodga qoldirgan adabiy-ilmiy merosi, qalamidan to‘kilgan go‘zal so‘zlar jam bo‘lgan asarlari, davlat ishlaridagi donoligi, badiiy nasrning betakror namunasi bo‘lgan “Boburnoma” tarixiy-memuar asari jahonning 70 dan ortiq mamlakati muzeylaridan joy olgani va 30 dan ortiq tilga tarjima qilinganligini alohida eʼtirof etdilar.

Ushbu tadbirda Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, xorijlik talabalarning Z.M.Bobur qalamiga mansub, g‘azal va ruboiylarini mahorat bilan ijro etganliklari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!