Andijonlik yoshlar — obod yurt va toza kelajak yo‘lida! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonlik yoshlar — obod yurt va toza kelajak yo‘lida!

12:20 23.10.2025

Bugun Andijon shahrida 200 nafardan ortiq faol va tashabbuskor yoshlar bir maqsad yo‘lida — yurt obodligiga o‘z hissasini qo‘shish, atmosferani musaffo saqlash va toza hayot tarzini targ‘ib etish niyatida birlashdi.

“Obod yurt – toza kelajak uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan ekologik aksiya doirasidagi plogging tadbirida ishtirokchilar shahar ko‘chalarini chiqindilardan tozalab, atrof-muhit ozodaligi hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini amalda namoyon etdilar.

Tadbirda Andijon davlat tibbiyot institutining ko‘ngilli talaba-yoshlari ham faol qatnashib, o‘zlarining fuqarolik burchini ado etdilar va boshqalarga ibrat bo‘lishdi.

Bu ezgu tashabbus nafaqat tabiatni asrash, balki yoshlar qalbida mas’uliyat, birdamlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Axir ozodalik yo‘lidagi har bir harakat – sog‘lom kelajak sari tashlangan ulkan qadamdir!

Skip to content