2018-yil 29-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Michigan universitetidan tashrif buyurgan anesteziolog-reanimatolog Alisher Dadaboyevning talabalar va mutaxassislar bilan uchrashuvi davom etmoqda. 2018 yilning 1-noyabr kuni mutaxassis Anesteziologiya va reanimotologiya kafedrasida bo’lib, 5-kurs talabalari, klinik ordinatorlar, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari uchun ”Akusherlikda anesteziya” mavzusida ma’ruza o’qidi. Tinglovchilar orasida qatta qiziqish uyg’otgan ma’ruza davomida ADTI talabalari xorijlik mutaxassisga mavzu yuzasidan hamda AQSHda anesteziologiya va reanimatologiya yo’nalishida ta’lim olish bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
2018-yil 2-noyabr kuni esa A.Dadaboyev AQSHlik mutaxassis ADTI simulyatsiya markazida bo’lib, anesteziologiya va reanimotologiya kafedrasi talabalari uchun spinal va epidural anesteziya bo’yicha mahorat darsi o’tkazdi. Mazkur mahorat darsida kafedra a’zolari, magistrlar, klinik ordinatorlar va anesteziologiya reanimatsiyasi yo’nalishi talabalari ishtirok etdilar. Dars davomida ular amaliy ko’nikmalarini oshirdilar