ASAKA TUMANIDAGI BIRLAMCHI TIZIM MUASSASALARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ASAKA TUMANIDAGI BIRLAMCHI TIZIM MUASSASALARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

18:42 21.02.2024

Bugun, 21-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli birlamchi tizim davolash muassasalari faoliyatini yaxshilash bo‘yicha ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va “Markayuz” oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida ushbu muassasalardagi bemorlarga xizmat ko‘rsatish xonalarining holati, shifokorga navbatga yozilishni elektron tizimga o‘tkazish ishlari, doya xonasi jixozlanishi, aholi tibbiy kartalarini yuritilish holatlari o‘rganib chiqildi va mutasaddilarga kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan patronaj hamshiralar bilan uchrashib Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi davomida tibbiyot xodimlari oldiga qo‘ygan vazifalari, kasalliklarni erta aniqlash va aholi tibbiy madaniyatini oshirishdagi patronaj hamshiralarning faoliyatlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Muloqot davomida faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan bildirilgan takliflar yechimga yo‘naltirildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!