Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining umumiy jarrohlik, fibroendoskopiya, anestiziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri, professor G.Xodjimatov malaka oshiruvchi kursantlar bilan Shahrixon tumanidagi Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida bo‘ldilar.
Ular jarrohlik amaliyotiga muxtoj bo‘lgan bemorlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tahlil natijalariga ko‘ra, bemorlarga maslahat berdilar. Shu joyning o‘zida 3 nafar bemor operatsiya qilindi. Tibbiy ko‘rik jarayonlarining o‘zida kursantlarga amaliy jarayonlar asosida darslar ham olib borildi.
Shuningdek, fakultetning professor-o’qituvchilari tomonidan tumandagi Sarimsaqov oilaviy shifokorlik poliklinikasida ham tibbiy ko’rik tashkil etilib, 19053 nafar fuqaroning salomatligi tekshiruvdan o’tkazildi. 517 nafar II-guruh nogironlariga kerakli tavsiyalar berildi. III- hamda IV-guruh nogironlarining uylariga borib, ular ham chuqurlashtirilgan tibbiy-ko’rikdan o’tkazildi.