Bizning faxrimiz – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Bizning faxrimiz

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabalari

orasidan yetishib chiqqan akademiklar

 
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan  jarrohlik  ilmiy-amaliy markazi  direktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi,
 tibbiyot fanlari doktori, professor
Feruz G‘ofurovich Nazirov
 
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Nazirov Feruz Gofurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya  markazi direktori. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi.
         1998-2009- yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida ishlagan. Nazirov F.G. bugungi kunda 550 dan ortiq tibbiyotning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, 5 ta monografiyasi va 11 ta mualliflik ixtirosi chop etilgan. Nazirov F. G. rahbarligi ostida 15 ta doktorlik va 13 ta  nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Nazirov F.G. ko‘plab chet el tibbiyot jurnallarining redaktsion kollegiyasi a’zosidir. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston hamda Rossiya, N.I.Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasining haqiqiy aʻzosi. Rossiya va MDH gepatologlari assotsiatsiyasining vitse-prezidenti. 2003-yilda Avstriyada bo‘lib o‘tgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti qo‘mitasi yig‘ilishida regional bo‘limining aʻzosi etib saylangan.
 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2005-yilda Moskva shahrida N.I.Pirogov nomidagi oltin medal bilan, 2016-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Rossiya Xirurgiya markazi bo‘lim boshlig‘i, RMFA akademigi, tibbiyot
 fanlari doktori, professor, Davlat mukofoti laureati
Rinat Sulaymonovich Akchurin
 
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi akademik Renat Sulaymonovich Akchurin, tibbiyot fanlari doktori, professor – kardiojarroh. 1997-yildan Rossiya meditsina fanlari akademiyasi akademigi (RAMN) va 2011 – yildan Rossiya fanlar akademiyasi akademigi, 1997-yildan Boshqirdiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, 1998-yildan Tatariston Respublikasi fanlar akademiyasi faxriy a’zosi, A.L.Myasnikov nomli Rossiya klinik kardiologiya instituti kardiologiya ilmiy-ishlab chiqarish markazi, yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limi rahbari.
1982-yilda davlat mukofoti lauriyati, 2001-yilda Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti lauriyati, 1996-yilda “Hurmat ordeni”, 1997-yilda III darajali Burgut Jamoatchilik ordeni, 1998-yilda Pol Xarris nomidagi xalqaro ordeni hamda 2000-yilda Peru davlatining Kamondor   ordenlari bilan mukofotlangan.
 
Rossiya Epidemiologiya ilmiy- tekshirish instituti direktori o‘rinbosari,
RMFA akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor
Vitaliy Vasilevich Maleyev
 Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Maliyev Viktor Vasilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor – Rossiya Epidemiologiya ilmiy tekshirish instituti direktor o’rinbosari, 2002-yildan Rossiya miditsina fanlar akademiyasi akademigi, 2013-yildan Rossiya fanlar akademiyasi akademigi.
         Fan-texnika sohasidagi yutuqlari uchun 1995-yilda Rossiya Federatsiyasi Hukumat mukofoti va 1997-yilda  Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti lauriyati, 1995-yilda “Do’stlik” ordeni, 2015-yilda “Hurmat” ordeni bilan mukofotlangan. Hozirgi Rossiyaning top – 100 kishisi ro’yhatiga kiritilgan.
 
 
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan sog‘liqni saqlash vazirlari va vazir o‘rinbosarlari
Feruz G‘ofurovich Nazirov
1998-2009- yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri
vazifasida ishlagan.
 
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Nazirov Feruz Gofurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya  markazi direktori. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi.
         1998-2009- yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida ishlagan. Nazirov F.G. bugungi kunda 550 dan ortiq tibbiyotning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, 5 ta monografiyasi va 11 ta mualliflik ixtirosi chop etilgan. Nazirov F. G. rahbarligi ostida 15 ta doktorlik va 13 ta  nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Nazirov F.G. ko‘plab chet el tibbiyot jurnallarining redaktsion kollegiyasi a’zosidir. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston hamda Rossiya, N.I.Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasining haqiqiy aʻzosi. Rossiya va MDH gepatologlari assotsiatsiyasining vitse-prezidenti. 2003-yilda Avstriyada bo‘lib o‘tgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti qo‘mitasi yig‘ilishida regional bo‘limining aʻzosi etib saylangan.
1997-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2005-yilda Moskva shahrida N.I.Pirogov
nomidagi oltin medal bilan, 2016-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

 

 
Shadmanov Alisher Qayumovich
2017-yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.
Tibbiyot fanlari doktori, professor. Shadmanov Alisher Qayumovich 1962-yil 10-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1985-1987- yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti urologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatori.
1987-1990-yillarda Moskva malaka oshirish instituti urologiya kafedrasi aspiranti.
1990-1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining Jarrohlik fakulteti kafedrasi urologiya kursi assistenti, davolash fakulteti dekani o‘rinbosari.
1993-1996-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori.
1996-2000-yillarda Andijon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig’i.
2000-2004-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori.
2004-2009-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti dekani.
2009-2010-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
2010-2015-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori.
2016-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati.
2017-yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi
Travmatologiya ortopediya ITI direktori, t.f.d, professor
Mirhakim Javharovich Azizov
 
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi Travmatologiya ortopediya ilmiy – tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Mirhakim Javharovich Azizov tibbiyot fanlari doktori, professor.
          M.Azizovning 200 dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan, 30 dan ortiq patentlar va 3 ta monografiyaga mualliflik qildi. 40 dan ortiq ilmiy ishlari xorijiy mamlakatlarda nashr qilingan. Olim rahbarligida 5 ta doktorlik va 11 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
          2013-yilda O‘zbekiston Respublikasining II darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Svetlana Tursunxo‘jayevna Inomova
2004 – 2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari,
Xotin – qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi,  Svetlana Tursunxo‘jayevna Inomova tibbiyot fanlari nomzodi. “Sog‘lom  avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi  Respublika boshqaruvi  raisi.
2004 – 2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin – qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
2006-yilda “Mehnat shuhrati” Ordeni bilan mukofotlangan.
 
 
 
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabalari orasidan yetishib chiqqan O‘zbekiston Qahramonlari
O‘zbekiston Qahramoni
Oyshaxon Qo‘chqorova
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, O‘zbekiston Qahramoni Oyshaxon Qo‘chqorova 1958-1964-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakultetida tahsil olgan. 1964-1966-yillarda Namangan shahridagi 2-shahar kasalxonasida terapevt, 1966-1984 yillarda 2- tug‘ruqxonada akusher-ginekolog va bo‘lim mudiri, 1984-1987-yillarda Namangan shahar markaziy tug‘ruqxonasida bo‘lim mudiri, 1987-1992 -yillarda bosh vrach o‘rinbosari, 1992-yildan bo‘lim mudiri vazifasida ishlagan.
1996-yilda Respublikamiz mustaqilligining 5 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Qahramoni
Onesiya Seitova
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, O‘zbekiston Qahramoni Onesiya Seitova 1972-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanidagi qishloq kasalxonasida ish boshlab,  oddiy shifokorlikdan bosh shifokor lavozimigacha ko‘tarilgan. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan.
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORLARI
Usmon Alimovich Alimov
(1910-1964)
Usmon Alimovich Alimov  1955-1963-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining birinchi rektori lavozimida ishlagan.
1955 yilda O‘zbekiston Oliy Soveti prezidiumining farmoni va sobiq Ittifoq Sog‘liqni saqlash Vazirligining buyrug‘i bilan Andijonda tibbiyot instituti ochildi. Yangi tashkil etilgan oliygohga  Usmon Alimovich Alimov rektor etib tayinlandi va umrining oxirigacha bu lavozimda sidqidildan mehnat qildi. Ustoz qisqa va mazmunli umr ko‘rib, 1963-yili 53 yoshida vafot etdi. U.Alimovning xizmatlari hukumat tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor” unvoniga ega bo‘ldi. U.Alimovning beqiyos xizmatlari institut tarixida va shogirdlari qalbida abadiy saqlanib qoladi.
Yusuf Otabekovich Otabekov
(1912-1981)
 
Yusuf Otabekovich Otabekov 1963-1981-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining rektori lavozimida faoliyat yuritgan. Andijon davlat tibbiyot institutiga 1963-yili rektor bo‘lib ishga kelgach, o‘zidagi bor kuch, mahorat va qobiliyatini jamoaga bag‘ishladi.
Uning tashabbusi bilan 1964-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining qurilishi boshlanib, uning birinchi qismi 1971-yili, ikkinchi qismi 1972-yili, uchinchi qismi 1973-yili, to‘rtinchisi 1974-75-yillari ishga tushirildi. Ishga tushgach, uning qoshida 400 nafar bemorlarni qabul qiladigan poliklinika qurilib faoliyat boshladi. Keyinroq qo‘shimcha ravishda 4 ta ma’ruzalar zali bilan tibbiyot tarixiga oid muzey qurildi.
Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov
(1925-2009)
 Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 1981 – 1988-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori bo‘lib ishlagan.
R.M.Nurmuhammedov tomonidan 500 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Bulardan 13 ta monografiya, bir necha metodik qo‘llanmalar yaratilgan, shuningdek, 33 nafar shogirdi tibbiyot fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘lgan.
P.M.Nurmuhammedov O‘zbekiston gerontologik xizmatiga asos solgan. 1961-yildan 1991-yilgacha Sog‘liqni saqlash Vazirligining gerontologiya markazini, gerontologlar va geriatrlar ilmiy-metodik jamiyatini boshqarib kelgan. Sobiq ittifoq tibbiyot fanlari akademiyasining gerontologiya va geriatriya bo‘yicha Prezidiumi va muammolar hay’ati a’zosi. Yuqoridagi sermahsul xizmatlari uchun Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash a’lochisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni sohibi.
 
Satqul Usmanovich Djumabayev
(1930-1999)
    Satqul Usmanovich Djumabayev 1988-1997-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlagan.
   U 9 yil mobaynida institut jamoasi bilan hamnafas bo‘lib, uning sharafini himoya qilgan.
Uning rahbarligida 1988-yili respublikada birinchi bo‘lib klinik limfologiya markazi ochildi. Markazda 2300 dan ortiq MDH davlatlari shifokor va hamshiralari bu usulni o‘zlashtirib, amaliyotga joriy etdilar. MDH davlatlari ichida yagona “O‘zbek klinik limfologiya maktabi” va “Limfologiya” ilmiy-amaliy jurnaliga asos solindi. “Limfologiya” maktabi doirasida 8 ta doktorlik, 22 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Satqul Usmanovich Djumabayevning ilmiy, pedagogik va ijtimoiy faoliyati yuksak qadrlandi hamda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan shifokor” unvoni berildi. 1993-yili ijtimoiy va pedogogika fanlari Xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lib saylangan.
Mamazoir Ahmedovich Xo‘jamberdiyev
 
Mamazoir Ahmedovich Xo‘jamberdiyev tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi.
          M.Xo‘jamberdiyev 1997-yildan 2010-yilgacha Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Nyu-York akademiyasi, Amerika oila vrachlari Akademiyasining haqiqiy a’zosi, Rossiya tibbiy fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi.
           Institutning klinik bazalarida masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va davolash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “Telemeditsina” yo‘lga qo‘yilgan, uning sa’yi harakatlari bilan xalqaro “Telemost” aloqa tizimi ishga tushirilgan.
      M.A. Xo‘jamberdiyevnig rektorlik yillarida institut professor-o’qituvchilari orasidan 33 nafar fan doktorlari va 149 nafar fan nomzodlari yetishib chiqdilar.
     M.Xo‘jamberdiyev “O‘zbekiston tibbiyot jurnali”, “Limfologiya” va “Markaziy Osiyo tibbiyot jurnali” ning mualliflar kengashi a’zosi hisoblanadi.
    1989-yilda “Mehnat faxriysi” medali, 2004-yili O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash xodimi unvoni, “Mustaqillikning 15 yilligi”, “Mustaqillikning 20 yilligi”, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

 

Alisher Qayumovich Shadmanov
  Alisher Qayumovich Shadmanov tibbiyot fanlari doktori, professor. 2010-2014-yillarda  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlagan.
   U 1979-1985- yillarda ADTI davolash faqultetini bitirgach, shu institutning urologiya kafedrasi klinik ordinatori, Moskva vrachlar malakasini oshirish instituti aspiranti, “6-7-kurs jarrohlik kasalliklari va urologiya” kafedrasi assistenti, kafedra dotsenti, kafedra professori, urologiya kursi mudiri, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh vrachi va davolash ishlari prorektori,  Andijon shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri, institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari prorektori, pediatriya fakultetining dekani, o‘quv ishlari prorektori va rektorlik lavozimlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatdi.
A.Q.Shadmanovning rahbarlik davrida institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 2014-yil 25-iyundagi 85-sonli sertifikat bilan muvaffaqiyatli attestatsiya-akkreditatsiyadan o‘tdi.
Institut kafedralarining barchasi internet tarmog‘iga ulandi, institut va kafedralar o‘rtasida elektron aloqa o‘rnatildi. Elektron dekanat, elektron jurnal va boshqa turdagi elektron hujjatlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Institutning har bir kafedrasida tasdiqlangan tadbirlar rejasi asosida o‘quv fanlarining tibbiy xususiyatlari nazariy hamda amaliy bilim ko‘nikmalarining uzviyligini ta’minlovchi 200 dan ortiq ilg‘or interaktiv ta’lim texnologiyalari yaratildi va o‘quv jarayoniga tatbiq etildi.
Magistratura mutaxassisliklari soni 13 tadan 25 taga yetdi. Barcha mutaxassisliklar amaldagi Davlat ta’lim standartlari, na’munaviy dasturlar va o‘quv rejalar bilan to‘liq ta’minlandi. Ushbu me’yoriy hujjatlar ta’lim sifati ortishi, dars jarayonining yuqori darajaga ko‘tarilishi, ingliz va rus tilida darslarning olib borilishiga asos qilib olindi.
A.Shadmanov rektorlik davrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 21 ta darslik, 46 ta monografiya, 127 ta o‘quv qo‘llanma yaratildi.
 
Ibroxim Inamovich Alimdjanov
Ibroxim Inamovich Alimdjanov tibbiyot fanlari doktori, professsor. 2015 – yil davomida institut rektori vazifasini vaqtincha bajargan.
        2015-yilda institut asosiy o‘quv binosining fasad, 1-2 qavat foye, ilmiy kengashlar zali mukammal ta’mirlandi. Tom qismi qattiq qoplama bilan qoplandi. Ikkinchi qavatda institut tarixini shakllantirish maqsadida muzey tashkil qilinib jihozlar bilan ta’minlandi. 1-2-qavat koridorlari va Axborot va texnik ta’minlash bo‘limi joriy ta’mirlandi.
Andijon shahar Fitrat ko‘chasida joylashgan intitutning 2-o‘quv binosi fasad qismi joriy ta’mirlandi.
Alimdjanov boshchiligida 2015-yilda  Andijon davlat tibbiyot institutining shonli yubileyi, tashkil etilganligining 60 yilligi katta tayyorgarlik ostida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Shuningdek, shu yili institutda “Profilaktik tibbiyot: kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. I.Alimdjanov hozirgi kunda Toshkent farmatsevtika instituti rektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Abdushukur Abdujamilevich Sadikov
  Abdushukur Abdujamilevich Sadikov 1974-yil 24- mayda Toshkent shahrida ziyoli  oila tug‘ilgan.
    1991-yilda Toshkent shahridagi 237-o‘rta maktabni tugallab, shu yili 1-Toshkent davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan. 1997- yilda esa, institutni tugatgan. 1997-1998-yillarda 1-Respublika klinik shifoxonasida obdominal-jarrohlik bo‘limida internatura o‘tagan. 1999-2010 yillarda 1-Toshkent davlat tibbiyot institutining “Teri- tanosil kasalliklar” kafedrasi klinik ordinatori, aspiranti, kafedra assistenti va dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2001-2005-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti “Huquqshunoslik” fakultetini sirtdan tugatgan. 2010-2015-yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari va boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2015-2017-yillar davomida  institut rektori vazifasida faoliyat yuritgan.
 
Madazimov Madamin Mo‘minovich
       Madazimov Madamin Mo‘minovich 2017- yil 6 iyunidan  Andijon davlat tibbiyot institutining rektori.  130 dan ortiq ilmiy ish, 12 ta ixtiro va 22 ta ratsionalizatorlik taklifi muallifidir. Uning rahbarligida 1 ta nomzodlik va 4 ta magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqqiyatli himoya qilindi va 1 ta doktorlik va 6 ta magistrlik dissertatsiyasi bajarilmoqda. 2017-yil noyabr oyida 1 nafar shogirdi PhD falsafa doktorligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2956 son qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha barcha fanlardan amaliy mashg‘ulotlar  jarayoni 2 qismga bo‘lingan holda 50% nazariy, 50% klinik amaliyot ko‘rinishida olib borilishi ta’minlandi,  amaliy mashg‘ulotlar sifatini kuchaytirish maqsadida institut simulyatsion markazi tashkil etildi. Shuningdek, barcha klinik kafedralarda ham simulyatsion xonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar orasidan “bemor-volontyo’r”larni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
             O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2909-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yilda institutning 19-nafar  professor-o‘qituvchilari Rossiya, Italiya, Hindiston, Latviya, Chyexiya, Germaniya va Koreya davlatlarining OTMlariga stajirovka va konferensiyalariga jo‘natildi. 12 nafar talaba chet eldagi oliy ta’lim muassasalarga (talaba almashinuvi bo‘yicha) jo‘natildi. Rossiya va Koreya davlatlarining 7 ta tibbiyot universitetlari, tibbiyot markazlari  bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, bugungi kunda faol ishlar olib borilmoqda.
Germaniya, Rossiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Koreya, Belorusiya davlatlarining 24 nafar yetakchi mutaxassislari ma’ruza o‘qish, seminar va treninglar o‘tkazish uchun taklif qilingan.
    Madazimov Madamin Mo‘minovich 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni, 2017-yil dekabr oyida  “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25-yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabalari orasidan
yetishib chiqqan Faxriy Professorlar
A.I.Alimov, tibbiyot fanlari
doktori, professor
Professor A.I.Alimov – Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan birinchi fan doktori. 1968-yildan buyon otorinolaringologiya kafedrasining mudiri, o‘nlab risolalar, yuzlab ilmiy, o‘quv-uslubiy maqolalar muallifi, minglab bo‘lg‘usi shifokorlarga tibbiyot sirlarini o‘rgatgan ustoz-muallim, o‘nlab iqtidorli fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlagan talabchan rahbar, mohir pedagog edi. Ustoz 2018 yilda vafot etgan.
S.Y.Tursunov, tibbiyot fanlari
doktori, professor
Professor S.Y.Tursunov – Andijon davlat tibbiyot institutini imtiyozli bitirgan mutaxassis. Olimlar safidan yetishib chiqqan birinchi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kardiologiya bo‘yicha Andijon ilmiy maktabining asoschisi, jahondagi bir qator ilmiy jamiyatlar va akademiyalarning faxriy a’zosi, taniqli shifokor-olim.
Professor Sayfiddin Yunusovich Tursunov ilmiy rahbarligi va konsultantligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan. Ustoz hozirgi kunda ham samarali mehnat qilib kelmoqda.
 
I.K.Qosimxo‘jaev, tibbiyot fanlari
doktori, professor
     Professor I.Q.Qosimxo‘jayev tibbiyot fanlari doktori professor. Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan birinchi tibbiyot fanlari nomzodi. 1984 yilda 1977 yildan operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan.
          Ustoz-olim rahbarligida 20 dan ziyod ilmiy tadqiqotchilar fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar.
         Professor Ibrohimjon Qosimovich Qosimxo‘jayev 2006 yilda xalqaro integrativ antropologiya akademiyasining akademigi ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 2016 yilda vafot etgan.
Skip to content Click to listen highlighted text!