Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZNING MAQSAD – MILLATLARARO DO’STLIK VA TOTUVLIK

13:29 07.08.2022

Har qanday millat, u naqadar kichik boʼlmasin, insoniyatning boyligidir. Navbatdagi o’tkazilgan kun bunga yorqin misol bo’ldi. Mehmon talabalar erta tongdan viloyatimizning tarixiy joylari bilan birga tabiatiga ham sayohat qildilar. Kunning ikkinchi yarmida esa yozgi maktabning barcha davlatlardan qatnashgan ishtirokchilari o’zlarining milliy taomlarini tayyorladilar. Dasturxon atrofida davom etgan qizg’in suhbat qisqa vaqt ichida ishtirokchilarni mustahkam, inoq bir oilaga aylantirdi. Davra kuy va qo’shiqlarga, qizg’in suhbatlarga ulandi.

Yakunlovchi kun esa barcha yozgi maktab ishtirokchilari real voqelik xolatidagi test sinovlaridan o’tkazildi. Kun so’nggida institut rektori M.Madazimov xalqaro yozgi maktab yopilish marosimini boshlab berdi. Ishtirokchilarga kelajakdagi ta’lim va fan sohalarida muvaffaqqiyat tilab, ularga yozgi maktab sertifikati, turli nominatsiyalar bo’yicha diplomlar va albatta, esdalik sovg’alarni topshirdi. Yopilish marosimi bayram dasturxoni va kuy-qo’shiqlar va raqslar bilan davom etdi. Yozgi maktab ishtirokchilari o’z taassurotlarini bildirar ekan, ular dasturdan yangi bilim  va ko’nikmalar olishdan tashqari, yangi do’stlar orttirganliklarini aytib, institut rahbariyati va yozgi maktab tashkilotchilariga o’z minnatdorliklarini bildirdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!