Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar xirurgiyasi kafedrasida katta o’qituvchi Umidjon Mamajonovning “Bolalarda yo’g’on ichak tug’ma nuqsonlari” mavzusida ochiq ma’ruzasi o‘tkazildi.
Kafedraning ma’ruzalar zalida bo`lib o`tgan ochiq ma’ruzada kafedra xodimlari, pediatriya fakulteti 4-bosqich talabalari, magistr va klinik ordinatorlar ishtirok etdilar.
Ma’ruza qiziqarli, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o`tildi.