Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan Andijon viloyat hokimining topshirig‘iga binoan “Kayrag‘ochtagi” MFYga qarashli 4-Oilaviy poliklinika xizmat xududida joylashgan 39-maktabda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Mazkur tadbirda institutning 15 turdagi mutaxassisliklardan iborat 22 nafar xodimlar ishtirok etib, 3-4-guruhga kiritilgan 405 nafar aholining salomatligi tekshirildi. Ko‘ruvlar davomida 108 ta bemor ambulator sharoitda davolanishga, 5 nafar bemor shahar markaziy shifoxonasiga, 1 nafar bemor viloyat davolash muassalariga yo‘llanma bilan yuborildi. 41 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 121 ta UTT, 130 ta EKG va 142 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazildi.