alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DAVOLASH FAKULTETI TALABALARI UCHUN XORIJLIK MUTAXASSIS TOMONIDAN MA’RUZA O‘QILDI

20:57 01.06.2023

Joriy yilning 1-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti 2-bosqich talabalari uchun Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi tomonidan  xorijlik mutaxassis maʼruzasi tashkil qilindi.

Yekaterinburg shahri Ural davlat tibbiyot universiteti Fakultativ pediatriya va bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Levchuk Larisa Vasilyevna talabalarga “Естественное кормление детей” (Bolalarni tabiiy ovqatlantirish) mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Unda ona sutini mohiyati, afzalliklari, o‘g‘iz suti va ona suti tarkibi, sigir va echki suti tarkibi, bolalarga qo‘shimcha ovqat berish tartibi, qo‘shimcha ovqat turlari va boshqalar haqida maʼlumotlar berildi.

Maʼruza qiziqarli va ilmiy maʼlumotlarga asoslangan tarzda yoritilgan bo‘lib, uni talabalar maroq bilan tingladilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!