Bugun, 23-aprel – Butunjahon kitob va mualliflik huquqlari kuni. Ushbu kun munosabati bilan «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida qator kitoblarni sizga tavsiya etmoqchimiz.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 122-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasasi talabalariga o‘qish uchun tavsiya etiladigan eng sara kitoblar ro‘yxatini tavsiya etamiz.
Ular orasida siz allaqachon o‘qib ulgurgan kitoblar nomi bo‘lsa ayni muddao, agar hali o‘qib ulgurmagan kitoblaringiz soni ko‘p bo‘lsa, darhol sizni ushbu kitoblar mutolaasiga chorlaymiz.