
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-maydagi 175-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar” Respublika tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur tanlovda Andijon davlat tibbiyot institutining barcha iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning huquqiy ongini oshirish, adolat va halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
Tanlovning institut bosqichida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar fakultetlar dekanlarining Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot bilan tanlov nizomida tanishishingiz mumkin: Eng yaxshi esselar__respublika tanlovi Nizomi