DIQQAT! MUHIM‼️ – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT! MUHIM‼️

12:08 16.12.2021

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

Edu.uz rasmiy kanalidan olindi

Skip to content Click to listen highlighted text!