
Bitiruvchi talabalar o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi
Mamlakatimizda talaba-yoshlar orasidan kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli va qobiliyatli talabalarni aniqlash, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan Respublika fan olimpiadasi o‘tkazilishi belgilangan.
Oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 4-bosqich (bitiruvchi) talabalar uchun joriy yilning 1–20-iyun kunlari “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
Ishtirok etmoqchi bo’lgan talabgorlar olimpiada.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Eslatma: Olimpiada bo‘yicha barcha yangiliklar va tafsilotlar bilan olimpiada.edu.uz sayti yoki Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi orqali tanishib borishingiz mumkin.