Qadrli talaba-yoshlar!
Siz kutgan Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” tanloviga start berilmoqda.
Tanlovning institut bosqichi joriy yilning 23-may kuni Talabalar turar joyida fakultetlarning “QVZ” jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Unga qadar esa, fakultet jamoalari safidan joy egallash istagidagi talabalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultetlar dekanlarining Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda fakultet yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati joriy yilning 13-may kuni soat 23:00 da yakunlanadi.
Demak, vaqt juda oz fursatni qo‘ldan boy bermang. Jamoaga zarur bo‘lgan a’zo aynan siz bo‘lishingiz mumkin.
Qo‘shimcha va batafsil ma’lumotlar uchun mas’ul koordinatorlar bilan bog‘lanishingiz mumkin:
90 548-98-37 Fayzullo Xojimatov
93 060-66-63 Muhammadyusuf Yusupov