Skip to content DOKTORANT, TAYANCH DOKTORANT VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOKTORANT, TAYANCH DOKTORANT VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

19:58 30.06.2025

Joriy yilning 30-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov institutning doktorant, tayanch doktorant va mustakil izlanuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda prorektor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 696-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni institutda tahsil olayotgan doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustakil izlanuvchilar tomonidan to‘liq bajarish zarurligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son qarorida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida bajariladigan barcha jarayonlar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshirilishi, bugungi kunda Yagona elektron tizim daraja.ilmiy.uzda talabgorlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirildi.

Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan yagona elektron platforma “daraja.ilmiy.uz” orqali arizalarni qabul qilish, tahlil qilish, imtihon o‘tkazilgandan so‘ng uning natijalarini kiritish, tadqiqotchilarning ta’lim bosqichlarini belgilash, ilmiy mavzularni kiritish, ilmiy rahbar va maslahatchilarni biriktirish, monitoring o‘tkazish va uni natijalarini kiritish doimiy tarzda o‘tkazilib kelinishini, har chorak talabgorlarni faoliyati nazorat qilib kelinayotgani aytib o‘tildi. Uchrashuvda OAK talablari bo‘yicha dissertatsiyalarni rasmiylashtirish, ilmiy maqolalar nashr ettirish tartibi va “Scopus” bazasiga kirgan xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berildi.

Yig‘ilish davomida qatnashchilar doktorlik va falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajarish bo‘yicha berilgan savollari yuzasidan to‘liq ma’lumotlar berildi.