Hurmatli professor – o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar!
Sizlarni 2019-yil 21-24-may kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan “Tibbiyot sohasida tribologiyaning o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro o‘quv kursiga taklif etamiz.
O‘quv kursi “O‘zbekistonda klinik injeneriya bo‘yicha tizimli magistrlik dasturi” granti doirasida amalga oshiriladi. O‘quv kursini Portugaliyaning Setubal politexnika universiteti professori Selio Gabriel Figueiredo Pina olib boradi.
O‘quv kursi mashg‘ulotlarida faol ishtirok eting!
Tashkiliy qo‘mita.