Xabaringiz bor, mamlaktimizda 1-fevraldan 1-mart sanasiga qadar “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida, bugun 23-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Giyohvandlik–yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi narkologiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i F.Sharofiddinov, Psixatriya-narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi kafedrasi assistenti S.Dolimova, institut Profilaktika inspektorlari, Davolash fakulteti dekan o’rinbosari M.O’lmasov, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Giyohvandlik bu – narkotik moddalarga o‘rganib qolish, ruju qo‘yish va ularga orttirilgan patologik qaramlikdan kelib chiqadigan jiddiy kasallikdir. Ushbu kasallikdan dunyoda millionlab kishi aziyat chekmoqda.
Shu boisdan, ushbu salbiy illatdan yoshlarni ogoh etish maqsadida mas’ullar giyohvand moddalarni isteʼmol qilgan shaxslarning psixologik va tibbiy holati, organizmidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Giyohvand moddalar, tamaki va alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilishning zararli oqibatlari haqida statistik maʼlumotlar asosida yoshlarga keng tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, giyohvand moddalar ta’sirida sodir etilgan jinoyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kun tartibidagi mavzu yuzasidan qisqacha videorolik namoyish etildi.