
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosidagi ko‘rik-tanlov e’lon qilinadi.
Ko‘rik-tanlovda mamlakatimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan, tashkiliy, huquqiy va mulkchilik shaklidan hamda idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, talabalar, o‘quvchilar, davlat va nodavlat, notijorat tashkilotlari vakillari hamda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Ko‘rik-tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan tabiat himoyachisi”
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan eng yosh tabiat himoyachisi”
“Cho‘l hududlarida eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan tabiat himoyachisi”
“Yo‘l yoqalarida eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan tabiat himoyachisi”
“Mahallada eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan tabiat himoyachisi”
Materiallar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy elektron manziliga yuboriladi. Shu bilan bir qatorda ishtirokchi tomonidan o‘zi istagan ijtimoiy tarmoqlarga materiallarini joylashtiradi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining (71) 206-70-77 raqamiga va www.agro.uz, elektron manzil: info@agro.uz, agro@yexat.uz manziliga murojaat qilish mumkin.
Tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan tabiat himoyachisi” nominatsiyasi uchun – 2 000 000 (ikki million) so‘m.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan eng yosh tabiat himoyachisi” – nominatsiyasi uchun – 2 000 000 (ikki million) so‘m.
“Cho‘l hududlarida eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan tabiat himoyachisi” nominatsiyasi uchun – 2 000 000 (ikki million) so‘m.
“Yo‘l yoqalarida eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan tabiat himoyachisi” nominatsiyasi uchun – 2 000 000 (ikki million) so‘m.
“Mahallada eng ko‘p daraxt ko‘chatlarini ekkan tabiat himoyachisi” nominatsiyasi uchun – 2 000 000 (ikki million) so‘m.
Batafsil: Tanlov nizomi