Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Shodiyevich Inoyatov Andijon viloyatida sogʻliqni saqlash tizimi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashdi.
Unda sohaga oid barcha masalalar tanqidiy-tahliliy nuqtai-nazardan muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyani oldini olish va aholi murojaatlariga alohida eʼtibor berish maslalariga batafsil to’xtalib o’tildi.
Uchrashuv davomida soha fidoyilari, jurnalistlar hamda ijtimoiy tarmoqlar faollarining murojaatlari tinglandi.