Ko’plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o’qishni ko’chirish bo’yicha Davlat test markazining transfer.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to’lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to’lovni amalga oshirish uchun qo’shimcha imkoniyat berilmoqda.
Unga ko’ra, xorijdan o’qishni ko’chirish bo’yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18.00ga qadar test sinovi uchun to’lovni amalga oshirishlari mumkin.
Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so’nggi imkoniyatdir.