Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti M.Xadjimuratova hamda Pediatriya fakulteti dekani oʻrinbosarlari talabalar oʻrtasida “Huquqiy madaniyatni shakllantiramiz” mavzusida viktorina oʻtkazdilar. Unda ishtirok etgan talabalar 2021-yil 24-oktabrda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga oid savollarga javob berdilar.
Talabalar Oʻzbekiston Respublikasida partiyalarning soni, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzodlarning soni, ularning saylovoldi dasturlari, saylovchi madaniyati, huquq va burchlari borasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Tadbir yakunida barcha savollarga javob bergan va faol ishtirokchilarga fakultet tomonidan munosib taqdirlandi.